» » Britaniyadagi polshalik migrantlar foydali ekanligini isbotlash uchun qon topshirmoqda

Britaniyadagi polshalik migrantlar foydali ekanligini isbotlash uchun qon topshirmoqda

20-avgust kuni Britaniyadagi polshalik migrantlar o‘zlarining Britaniya jamiyatiga qo‘shgan hissasi muhimligini isbotlash uchun qon topshirish bo‘yicha aksiya o‘tkazdi, deya xabar bermoqda“Yevropeyskaya Pravda”.

Britaniyadagi polshalik migrantlar foydali ekanligini isbotlash uchun qon topshirmoqda

 

Ular bu bilan Ikkinchi jahon urushi vaqtida polshaliklar Britaniya armiyasi tarkibida jang qilganini eslatib, hozir ham ular Britaniya jamiyatiga foyda keltirayotganini namoyish qilmoqchi.

Bundan tashqari mingga yaqin polshalik parlament binosi qarshisida ish tashlash uyushtirdi.

Ta’kidlanishicha, keyingi hafta davomida butun mamlakat bo‘ylab minglab migrantlar qon qabul qilish punktlariga tashrif buyurmoqchi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Britaniya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.