» » O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda…” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi

Скачать O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda…” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda…” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Hayotda…” badiiy filmi 13—20-sentabr kunlari XXIV marotaba tashkil etiladigan MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining “Kinoshok” ochiq kinofestivali (Anapa, Rossiya) asosiy tanlov dasturiga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Hayotda…” filmi “Kinoshok” festivalida qatnashadi

 

2015-yili katta ekranlarga chiqqan “Hayotda…” badiiy filmi yolg‘iz farzandining o‘limidan so‘ng odamlarni davolash qobiliyatiga ega bo‘lgan bolani asrab olib, umrining oxirigacha o‘z tamoyillariga sodiq qolgan olim inson haqida hikoya qiladi. Yolqin To‘ychiyev rejissorligida ishlab chiqarilgan mazkur filmda Baxtiyor Qosimov, Akbarxo‘ja Rasulov, Zulhumor Mo‘minova kabi taniqli aktyor va aktrisalar suratga tushgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda suratga olingan to‘liq metrajli badiiy filmlar “Kinoshok” festivalining turli tanlovlarida muntazam qatnashib keladi. Xususan, 2012-yilgi “Kinoshok”da rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Parizod” kartinasi eng yaxshi film sifatida kinofestivalning bosh sovrini — Gran-prini qo‘lga kiritgan.

Hozirgacha bir qator badiiy, hujjatli va multplikatsion filmlar, jumladan, “Hayotda…” filmi ham AQSh, Germaniya, Xitoy, Avstraliya kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning tashkiliy qo‘mitalariga saralash bosqichi uchun yuborilgan va bu boradagi ishlar davom etmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Hayotda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.