» » O‘zbekiston o‘smirlari shaxmat Olimpiadasini 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi

Скачать O‘zbekiston o‘smirlari shaxmat Olimpiadasini 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston o‘smirlari shaxmat Olimpiadasini 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boshlandi. Dunyoning kuchli jamoalari qatorida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

O‘zbekiston o‘smirlari shaxmat Olimpiadasini 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi

 

Mamatqul Haylayev murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiadaning ilk turida Janubiy Koreya shaxmatchilarini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ortiq Nig‘matov An Xong Jinni, Nodirbek Yoqubboyev Yu Xan Yulni, Abdumalik Abdusalimov Nam Ju Vonni, Bahora Abdusattorova esa Lim Dong Xyunni taslim etgan. Bugun, 21-avgust kuni o‘zbekistonlik shaxmatchilar Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi dona suradi. Qirg‘iziston ilk turda mezbonlarning ikkinchi jamoasidan 4:0 hisobidan ustun kelgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.