» » O‘zbekiston bojxonachilari qiymati yarim milliard so‘mlik hujjatsiz tovarlarni ushlab qoldi

Скачать O‘zbekiston bojxonachilari qiymati yarim milliard so‘mlik hujjatsiz tovarlarni ushlab qoldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston bojxonachilari qiymati yarim milliard so‘mlik hujjatsiz tovarlarni ushlab qoldi

2015-yilning birinchi yarmi davomida birgina Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 723 ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlanib, qiymati 7 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy sayti xabar berdi.

O‘zbekiston bojxonachilari qiymati yarim milliard so‘mlik hujjatsiz tovarlarni ushlab qoldi

 

Jumladan, “Xo‘jadavlat” temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbeksitonga kirib kelgan yuk poyezdini bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida konteynerlardan birida xususiy tadbirkor nomiga Birlashgan Arab Amirliklaridan yuborilgan yuklar bilan yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, konteynerdagi qiymati 507 million so‘mdan ortiq bo‘lgan avto ehtiyot qismlari, maishiy texnika jihozlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar, kosmetik va gigiyenik vositalari va hattoki bolalar tagliklari, xullas 253 turdagi tovar-moddiy boyliklarini hech qanday hujjatlarsiz O‘zbekiston hududiga olib kirishga urinishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sirg‘ali tuman sudining hukmiga asosan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qiymati 507 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar moddiy boyliklari davlat egaligiga o‘tkazildi. Yuk egasiga nisbatan ham jazo muqarrarligi ta’minlandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekiston

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.