» » Yunusobod tumanidagi ehtiyojmand oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi

Скачать Yunusobod tumanidagi ehtiyojmand oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yunusobod tumanidagi ehtiyojmand oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi

O‘zbekistonda aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordam turlarini kengaytirish yuzasidan ko‘plab loyihalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi, deb xabar beradi O‘zA.

Yunusobod tumanidagi ehtiyojmand oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi

 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yunusobod tumani bo‘limi va qator tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ijtimoiy aksiyada Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ishtirok etdi.

Tumanda imkoniyati cheklangan fuqarolarni qiziqishidan kelib chiqib foydali mehnatga jalb etish, ularni mahallalarda tashkil etilgan hunarmandlik, tikuvchilik, to‘quvchilik kabi to‘garaklarga keng jalb etish borasida tizimli ish olib borilayotir. Shu orqali ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va oilasi farovonligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ushbu aksiya doirasida kam ta’minlangan oilalar, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar holidan xabar olinib, ularning uy-joy va maishiy sharoitini yaxshilash choralari ko‘rildi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan alohida ehtiyojmand fuqarolarga uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa zarur anjomlardan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Yunusobod

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.