» » O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali ishga tushirildi

Скачать O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali ishga tushirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali — 365.gov.uz ishga tushirildi. Bu haqda Uzinfocom vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi voqealar va tadbirlar portali ishga tushirildi

 

Portal O‘zbekiston Respublikasi davlat organalari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning erkin axborot olish imkoniyatini yanada yuksaltirish va jamoat nazoratini amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyatini o‘stirish, yoshlarning o‘zbek xalqi uchun muhim bo‘lgan tarixiy sanalar borasida bilimlarini boyitish, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va internet tarmog‘ida milliy segmentni boyitish maqsadida ishga tushirildi.

Portal O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rasmiy tadbirlar va muhim siyosiy voqealar, O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan tarixiy sanalar va xalqaro darajada ahamiyatli bo‘lgan kunlar borasida ma’lumotlarni o‘z qamroviga olgan.

Portalda foydalanuvchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalangan holda har bir ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi portal xizmatlarini o‘ziga qulay holda sozlab olishi mumkin. Foydalanuvchilar mavjud ma’lumotlarni sohalar yoki tashkilotlar kesimida ko‘rish uchun tegishli sozlamalardan foydalanishi mumkin.

Mening kalendarim sahifasi foydalanuvchilarga muayyan erkinliklar yaratib beradi, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar Mening kalendarim sahifasida mavjud voqea va tadbirlarni o‘zlariga kerakli shaxsiy kabinetida umumlashtirish imkoniga egadirlar.

Tarixiy sanalar ruknida, asosan, O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan tarixiy voqealar ko‘rsatib o‘tilgan.

Sport ruknida O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan turli musobaqalar, sport uchrashuvlari, ko’rgazmali chiqishlar va boshqa sport tadbirlari ko‘rsatib boriladi.

Tavallud kunlar ruknida o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan buyuk allomalar, davlat va madaniyat arboblarining tavvalud topgan kunlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Ko‘rik-tanlovlar ruknida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshishi rejalashtirilgan mamlakat, mintaqa va xalqaro darajadagi nufuzli ko‘rik-tanlovlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Davlat tashkilotlarida ruknida foydalanuvchilar bevosita davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan turli tadbirlar haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Dunyoda ruknida esa xalqaro va butunjahon kunlari, xalqaro ahamiyatga ega voqea va hodisalar bo‘lib o‘tish sanalari, shuningdek, xalqaro darajadagi sport va madaniy tadbirlar haqida ma’lumotlardan iborat.

Ko‘rgazmalar ruknida O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan iqtisod, madaniyat va ijtimoiy sohalardagi turli ko‘rgazmalar va shu kabi tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Bayramlar ruknida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayramalari borasidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.