» » Samsung Galaxy S6 Edge — benuqson smartfon

Скачать Samsung Galaxy S6 Edge — benuqson smartfon в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samsung Galaxy S6 Edge — benuqson smartfon

Samsung’ning yangi flagmani bir qarashdayoq diqqatni tortadi… Samsung Galaxy S6 Edge’da metall va shisha mukammal ravishda uyg‘unlashgan. Ancha zeriktirgan plastik o‘rniga ikki tomondan ham Gorilla Glass 4 — plastiklangan shishaning yangi modifikatsiyasi qo‘llanilgan. Ta’kidlanishicha, u avvalgisiga qaraganda ancha mustahkam bo‘lib, unchalik sinuvchan emas.

Bu ekrani har ikki tomondan egik bo‘lgan dunyodagi birinchi smartfondir! Atigi bir necha yil avval bunday kattalikdagi smartfonlar “belkurak” (“lopata”) deb atalardi. Bugun esa u 5,1 dyuym bilan o‘rtacha hajm hisoblanadi, endi bunday o‘lchamlar bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, yon tomonlari ingichkalashtirilishi natijasida qurilma aslidagi kattaligidan sal kichikroq ko‘rinadi va ixcham qurilma sifatida taassurot qoldiradi.

Samsung Galaxy S6 Edge — benuqson smartfon

 

Samsung Galaxy S6 Edge’ning asosiy xususiyatlari

Aloqa texnologiyalari: GSM/GPRS/EDGE/HSDPA/LTE, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, NFC, infraqizil port, microUSB 2.0, ANT+, Bluetooth 4.1.

Qurilma platformasi: Exynos 7420 chipseti; ikkita to‘rt yadroli protsessor: Cortex-A53 1.5 Ghz va Cortex-A53 2.1 Ghz; Mali-T760MP8 videochipi; 3 GB tezkor xotira, 32/64/126 GB ichki xotira (xotira kartasi yordamida kengaytirilmaydi), nano-SIM.

Displey: chetlari yumaloq, sensorli, Super AMOLED, 5,1 dyuym, 1440×2560 (1 dyuymga ~577 piksel), Gorilla Glass 4 qoplamasi (orqa korpus ham).

Multimedia: MP4/DivX/XviD/WMV/H.264 va MP3/WAV/WMA/eAAC+/FLAC’ni ko‘tara oladigan mediapleyer, FM-radio yo‘q.

GPS: bor; A-GPS, “GLONASS”, Beidou (XXR).

Asosiy kamera: 16 MPix, 5312×2988, LED-vspishka, avtofokus, optik stabilizatsiya, HDR, yuklab olinadigan rejimlar. Video 30 fps’da 2160p, 60 fps’da 1080p, 120 fps’da 720p, HDR.

Old (selfi) kamera: 5 MPix, 30 fps’da 1440p, videoqo‘ng‘iroqlarda qo‘sh rejimda ishlash, avtomatik HDR.

Alohida datchiklar va imkoniyatlar: barmoq izi skaneri (PayPal sertifikatiga ega), optik puls o‘lchagich, giroskop, kompas, Microsoft OneDrive 115 GB uchun bepul obuna.

Akkumulyator: olinmaydigan, Li-Ion 2600 mAh, simsiz quvvat (Qi/PMA) yoki USB orqali quvvat.

O‘lchamlari, og‘irligi: 142,1×70,1×7 mm, 132 g.

Ichki his bilan sezib tushunish mumkin bo‘lgan yangi foydalanuvchi interfeysi

Samsung Galaxy S6 Edge’ning Android 5.0 Lollipop asosidagi ancha donalashtirilgan va toza interfeysi navigatsiyani osonlashtiradi hamda qurilma ichida tez va oson mo‘ljal olish imkonini beradi. Menyuning har bir bo‘limiga alohida rang berilgan, barcha dasturlar oddiy ikonalar ko‘rinishida gavdalantirilgan, oldindan o‘rnatilgan elementlar soni kamaytirilgan.

Tiniqlik va yorqinlik

Kamera katta piksel va diafragma tufayli yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi.

Samsung Galaxy S6 Edge’da xususiyatlari bo‘yicha Samsung Galaxy Note 4 kamerasiga o‘xshash kamera (u ham 16 megapikselli va optik stabilizatsiyaga ega) ishlatilsa-da, f/1,9 obyektivi o‘z ishini ko‘rsatadi — qorong‘ilikda kamera juda yaxshi rasm oladi. Real vaqtda HDR syomkasi (ketma-ket bir nechta kadr olish zarurati yo‘q) va past yoritilgan joyda suratga olish rejimi kabi foydali texnologiyalar ilova qilingan. Kamera juda tez — bor-yo‘g‘i 0,7 soniyada ishga tushishi ham kishini mamnun qiladi. Kamerani ishga tushirish uchun mo‘ljallangan tugma yo‘q, biroq markaziy tugmani (“Uyga”) ikki marta bosish orqali uni ishga tushirish mumkin. Kameraning syomka uchun bir necha xil rejimlari, chunonchi, orqa fonni xiralashtirish va slo-mo rejimlari mavjud. Foto va videoga tushirishda 16 megapikseldan Ultra HD’gacha bo‘lgan sifatlarni tanlash mumkin.

Tez quvvat olish rejimi

10 daqiqa davomida quvvatlab olish smartfonning 4 soatgacha ishlashini ta’minlaydi. Quvvatlab olish imkoniyati bo‘lmaganida energiya tejashning maksimal rejimi qolgan energiyani ancha tejab sarf qilishni ta’minlaydi.

Simsiz quvvat olish

Ichki simsiz quvvat olish moduli qo‘shimcha aksessuar va moslamalarsiz, smartfonni zaryad qurilmasiga joylash orqaligina uni quvvatlantirishga yordam beradi. Samsung Galaxy S6 Edge simsiz quvvat olishning asosiy WPC va PMA standartlari bilan mos keladi.

Yaqqol afzalliklari

Flagman smartfonining innovatsion displeyi bino ichida ham, kunduzgi yorug‘likda ham tiniq uzatilgan ranglar va boyitilgan shakllardan zavqlanish imkonini beradi.

Ma’lumotlarni ko‘chirish

Eski smartfondan Samsung Galaxy S6 Edge’ga ma’lumotlarni ko‘chirishning yengil usuli bor. Eski smartfonning operatsion tizimi (iOS, Android, Blackberry, Symbian)dan qat’i nazar, yangi Samsung Galaxy S6 Edge’da ma’lumotlar o‘zingiz bilan qoladi. SmartSwitch dasturi kontaktlar, xabarlar, fotosuratlar, taqvim, qaydlar, video, budilnik sozlamalari va boshqalarni tezgina ko‘chirib o‘tkazadi. OTG (On-the-go) kabelidan foydalanilsa, iOS bazasidagi smartfonlardan hattoki, iTunes’dan olingan qo‘shiqlarni ham ko‘chirish mumkin.

Ogohlik va xavfsizlik

Smartfonga o‘rnatilgan xavfsizlik mobil platformasi zararkunanda dasturlar va xakerlik hujumlaridan doimiy ravishda himoya qiladi.

Ushbu smartfon hayotda va ishda tengsiz yordamchingizga aylanadi!

Reklama huquqi asosida

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.