» » OAV: Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 116 kishiga yetdi

OAV: Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 116 kishiga yetdi

Xitoyning Tyanszin shahridagi omborda 12-avgust kuni yuz bergan kuchli portlash qurbonlari soni 116 kishiga yetdi, deb xabar beradi “TASS”.

OAV: Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 116 kishiga yetdi

 

Sinxua agentligining ma’lum qilishicha, 60 kishi bedarak yo‘qolgan.

“Hozirgi paytga kelib barcha halok bo‘lganlar DNK testlari bo‘yicha aniqlanmoqda”, — deb ta’kidlaydi agentlik. Uning ma’lumotlariga qaraganda, qurbonlardan 65 nafari o‘t o‘chiruvchi va yetti nafari politsiya xodimidir. Yana 39 nafar o‘t o‘chiruvchi va to‘rt nafar tartib saqlovchi bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilgan.


Manba: Daryo.uz






Метки: OAV

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.