» » Samsung o‘zining flagman smartfonlarini iPhone egalariga bepul tarqatadi

Samsung o‘zining flagman smartfonlarini iPhone egalariga bepul tarqatadi

Samsung kompaniyasi yangi flagman smartfonlarini Apple mobil qurilmalari egalariga bepul tarqatish niyatida ekanligini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Samsung o‘zining flagman smartfonlarini iPhone egalariga bepul tarqatadi

 

Cnet nashrining qayd etishicha, bunda gap smartfondan 30 kun davomida vaqtincha foydalanish haqida bormoqda. Bu vaqt davomida foydalanuvchilar Galaxy S6 Edge+ va Galaxy Note 5 qurilmalari bilan tanishib, ularga baho berishlari kerak bo‘ladi.

Mazkur aksiya, asosan, iPhone egalari uchun mo‘ljallangan. Yangi smartfonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonida qatnashish uchun Samsung’ning rasmiy saytida onlayn-ariza topshirish zarur.

Samsung’ning flagman qurilmalarini sinovdan o‘tkazish dasturi hozircha faqat AQSh hududida amalda bo‘lib, unda ishtirok etish qiymati 1 dollarga teng. Agar sinov davrida foydalanuvchi smartfonga zarar yetkazsa, yetkazilgan zararni Samsung’ga qoplab beradi.


Manba: Daryo.uz


Метки: Samsung

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.