» » Homiylar boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun 100 million dollar ajratishga tayyor

Homiylar boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun 100 million dollar ajratishga tayyor

Noma’lum homiylar inson boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish uchun 100 million dollar xayriya qilishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Homiylar boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun 100 million dollar ajratishga tayyor

 

O‘z boshini donor tanaga ko‘chirib o‘tkazishga rossiyalik Valeriy Spiridonov rozi bo‘lgan. Operatsiyani italiyalik jarroh Serjio Kanavero 2017-yilda o‘tkazmoqchi. U operatsiya uchun maxsus jamg‘arma ochgan bo‘lib, shu yo‘l bilan amaliyot uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.

Kanaveroning so‘zlariga ko‘ra, Spiridonovning o‘zi bilan ham bir necha xususiy investor bog‘lanib, homiylikni taklif qilgan. Hozircha aynan kimlar xayriya ajratgani ma’lum qilinmagan.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.