» » Google’ga o‘chirilgan maqolalar haqidagi maqolalarning havolalarini o‘chirish haqida ko‘rsatma berildi

Скачать Google’ga o‘chirilgan maqolalar haqidagi maqolalarning havolalarini o‘chirish haqida ko‘rsatma berildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Google’ga o‘chirilgan maqolalar haqidagi maqolalarning havolalarini o‘chirish haqida ko‘rsatma berildi

Britaniyadagi nazorat qiluvchi Information Comissioner’s Office (ICO) idorasi Google’ga avvalroq Yevropa Ittifoqida qabul qilingan “unutilish huquqi” to‘g‘risidagi sud qarori doirasida qidiruvdan olib tashlangan ma’lumotlarga havola beruvchi maqolalarni o‘chirib tashlash majburiyatini yukladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.

Google’ga o‘chirilgan maqolalar haqidagi maqolalarning havolalarini o‘chirish haqida ko‘rsatma berildi

 

Qidiruv giganti mazkur maqolalarga havolalarni uzog‘i bilan 20-sentabrga qadar o‘chirib tashlashi kerak. Bu vaqtga qadar “unutilish huquqi”ga qarshilar mazkur maqolalarni qaytadan chop etishlari mumkin.

Avvalroq Google, individual so‘rov asosida, bundan 10 yil avvalgi jinoyat haqidagi axborotni o‘zida jamlagan ma’lumotlarni qidiruv natijalaridan o‘chirib tashlagan edi. Bu holat “unutilish huquqi”ga qarshilarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va ular bu mavzuga bag‘ishlab bir necha xabar chop etdi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, yangi matnlar Google tomonidan indeksatsiya qilindi va qidiruv natijalarida paydo bo‘ldi. Mazkur xabarlarning kirish qismini hisobga olmasa, qolgan qismi qidiruv natijalaridan chiqarib tashlangan axborot bilan deyarli bir xildir.

Yevropa Ittifoqi oliy sudi 2014-yil 13-iyun kuni Google va boshqa qidiruv tizimlariga eskirgan va dolzarb bo‘lmagan ma’lumotlarga yo‘llovchi havolalarni qidiruv natijalaridan chiqarib tashlash majburiyatini yuklagan edi. Mazkur norma joriy etilganidan keyingi bir yil davomida yevropaliklar tomonidan ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rab, milliondan ortiq so‘rov yo‘llandi.

ICO — Buyuk Britaniyadagi mustaqil nazorat qiluvchi organ bo‘lib, u jamiyat manfaatlari yo‘lida axborot huquqlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va jismoniy shaxslarning ma’lumotlari maxfiyligiga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Google

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.