» » Yangi zelandiyalik ovchilar xatolik sabab kamyob qushni otib qo‘ydi

Скачать Yangi zelandiyalik ovchilar xatolik sabab kamyob qushni otib qo‘ydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yangi zelandiyalik ovchilar xatolik sabab kamyob qushni otib qo‘ydi

Yangi zelandiyalik ovchilar xatolik sabab kamyob qushni otib qo‘ydi

 

Yangi Zelandiya ovchilar milliy uyushmasi o‘z a’zolari tomonidan juda kamyob — taxake qushlarining kamida to‘rt donasi o‘ldirib qo‘yilgani uchun butun mamlakatdan uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ovchilar taxakelarni boshqa bir qush — keng tarqalgan sulton tovuqlar bilan adashtirib qo‘ygan. Sulton tovuqlarini otib, yo‘q qilish haqidagi buyurtma mahalliy tabiatni muhofaza qilish departamentidan olingan edi.

Yangi Zelandiyada sulton tovuqlar muntazam ravishda otib turiladi. Bu parranda mamlakatdagi qirilib ketish yoqasida bo‘lgan boshqa kamyob qushlarning inlarini buzib tashlaydi.

Taxake qushlari qirilib ketgan, deb hisoblanardi, biroq 1948-yili ular yana topilgan. Shundan beri taxakelarning sonini oshirish yo‘lida yuz minglab dollar sarflandi. Hozirda Yangi Zelandiya hududida 300 ga yaqin taxake yashasa, ularning 70—80 donasi yovvoyi tabiat qo‘ynidadir.

The Guardian’ning qayd etishicha, o‘ldirilgan to‘rt taxake mazkur parranda populyatsiyasining besh foizini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, jami parrandalarning besh foizi — 93 dona parrandaga teng.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Yangi zelandiya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.