» » Grozniyda niqobli kishilar qahvaxonadagi ikki ofitsiant ayolni o‘ldirib ketdi

Grozniyda niqobli kishilar qahvaxonadagi ikki ofitsiant ayolni o‘ldirib ketdi

Grozniyda niqobli kishilar qahvaxonadagi ikki ofitsiant ayolni o‘ldirib ketdi

 

Checheniston poytaxti Grozniy shahrida qurollangan shaxslar qahvaxonadagi ikki ofitsiant ayolni otib tashladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 20-avgust oqshomida “Lolita” qahvaxonasida uch erkak muassasada ishlaydigan ikki ayolga qarata to‘pponchalardan o‘t ochgan. Har ikkala ayol hodisa joyida vafot etgan.

Hujum qilgan shaxslar “Lada Priora” avtomobilida voqea joyidan qochib ketgan. Hozirgi vaqtda Checheniston Tergov qo‘mitasi hodisaga aloqador shaxslarni izlab topish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda.


Manba: Daryo.uz






Метки: Grozniy

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.