» » “Gazprom” Ukraina yerosti omborlariga gaz haydamoqchi emas

Скачать “Gazprom” Ukraina yerosti omborlariga gaz haydamoqchi emas в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Gazprom” Ukraina yerosti omborlariga gaz haydamoqchi emas

“Gazprom” Ukrainaning yerosti gaz omborlariga gaz haydashni rejalashtirmayapti. “TASS”ning “Gazprom” rahbari Aleksey Millerga asoslanib xabar berishicha, qolgan vaqt davomida bu yerga 3,2 milliard metr kub gaz haydash kerak.

“Gazprom” Ukraina yerosti omborlariga gaz haydamoqchi emas

 

“Haqiqatan ham, Ukrainaning yerosti gaz omborlariga gaz haydash sur’ati o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli past ekanligini ko‘rib turibmiz. O‘tgan yili taqsimot boshlanguniga qadar, “Naftogaz” omborlarga 16,7 milliard metr kub gaz to‘plab olgan edi. Hozirgi sur’at bilan esa shu ko‘rsatkichga ham yetib bo‘lmaydi”, — dedi Miller.

“Bu holat bizni xavotirga solmoqda, sur’atni zudlik bilan oshirish kerak. Yerosti gaz omborlarida yetarli miqdorda gazning bo‘lishi — bo‘lajak qishda ukrainalik iste’molchilarni barqaror ta’minlash va Yevropaga gaz tranzit qilishning majburiy shartidir. Biroq bu masalalar uchun to‘liq javobgarlik “Naftogaz”ning yelkasida. Shundan kelib chiqib, biz o‘z gazimizni Ukraina omborlariga haydamaymiz”, — dedi “Gazprom” rahbari.

Millerning qayd etishicha, Ukrainaga shartnoma asosida 2015-yilning to‘rtinchi choragida sotiladigan gaz narxi uchinchi chorakdagiga nisbatan 35 dollarga arzon bo‘lishi mumkin. “Gazprom” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazini Ukrainaga yetkazib berish uchun faqat bir narsa — pul kerak. “Biroq, Ukrainada gaz uchun to‘lashga pul yo‘qligini ko‘rib turibmiz”, — dedi Miller.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Gazprom Ukraina

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.