» » Yuan devalvatsiyasi Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Скачать Yuan devalvatsiyasi Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yuan devalvatsiyasi Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Xitoy milliy valyutasi — yuanning devalvatsiya qilingani yaqin va uzoq xorij mamlakatlari milliy pul birliklariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda, Bloomberg agentligi e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Yuan devalvatsiyasi Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

 

Agentlik ekspertlarining fikricha, Xitoy Markaziy bankining yuanni devalvatsiya qilish haqidagi qarori zanjir reaksiyasini ishga tushirgan. Xususan, Qozog‘iston tengesidan so‘ng Armaniston drami ham qadrsizlanishi mumkin. So‘nggi 12 oy davomida Armaniston valyutasi 15 foizga qadrsizlanib ulgurdi.

Tengening qadrsizlanishi Tojikiston va Turkmaniston milliy valyutalari holatiga salbiy ta’siri qilishi mumkin. Bloomberg taxminiga ko‘ra, keyingi olti oy davomida tojik somonisi 10—20 foizga, turkman manati esa 20 foiz atrofida qadrsizlanadi. Qozog‘iston bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga egaligi sabab, tengening qadrsizlanishi Qirg‘iziston so‘miga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Bloomberg ekspertlarining fikricha, Saudiya Arabistoni va Nigeriya valyutalari ham zarba ostida turibdi — jahon bozoridagi neft narxi sabab, har ikki mamlakat milliy pul birliklari 20 foizgacha qadrsizlanishi kutilmoqda. Misr va Turkiyadagi beqaror vaziyat esa mos ravishda funt va liraning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.