» » Germaniyada 108 yil davomida dengizda suzib yurgan xabarli shisha idish topildi

Скачать Germaniyada 108 yil davomida dengizda suzib yurgan xabarli shisha idish topildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Germaniyada 108 yil davomida dengizda suzib yurgan xabarli shisha idish topildi

Germaniyada hordiq chiqarayotgan sayyohlar Shimoliy dengizdagi orollarning birida kamida 108 yil avval shisha idishda yuborilgan xabarni topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Germaniyada 108 yil davomida dengizda suzib yurgan xabarli shisha idish topildi

 

The Independent nashri ma’lumotlariga ko‘ra, shisha idishni Germaniyaga dam olish uchun kelgan pensioner er-xotin Amrum oroli qirg‘oqlaridan topib olgan. Idish ichida: “Shishani sindiring”, deb yozilgan qog‘oz bo‘lgan.

“Erim Xorst shisha ichidagi xabarni ehtiyotkorlik bilan olishga urindi, biroq buni uddalab bo‘lmadi, shu sababli ham biz ko‘rsatmaga amal qilishga majbur bo‘ldik”, — dedi shishani topgan ayol.

Topilmaning ichida ingliz, golland va nemis tillarida shunday mazmundagi matn yozilgan pochta otkritkasi chiqqan: shishani topgan kishidan uni qayerda, qachon va qay holatda topgani haqida bildirib, so‘ng bu otkritkani Britaniyaning Plimut shahriga — Buyuk Britaniya Dengiz biologiyasi uyushmasiga yuborish so‘ralgan.

Qayd etishlaricha, uyushma tomonidan ichiga xabar yozilgan mingdan ortiq bunday shisha idishlar, dengiz oqimlarini o‘rganish maqsadida, 1904—1906-yillar davomida Shimoliy dengizga tashlangan. The Independent’ning taxminicha, Germaniyadan topilgan bu shisha shunday topilmalarning jahondagi eng qadimiysi hisoblanadi. Bungacha esa dengizda 99 yildan ortiq suzib yurgan xabarli shisha idish Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Germaniya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.