» » Tokio Medvedevning Kuril orollariga safari sabab Moskvaga norozilik bildirdi

Скачать Tokio Medvedevning Kuril orollariga safari sabab Moskvaga norozilik bildirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tokio Medvedevning Kuril orollariga safari sabab Moskvaga norozilik bildirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Kuril orollaridan biri — Iturupga tashrifi sabab Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga norozilik bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Tokio Medvedevning Kuril orollariga safari sabab Moskvaga norozilik bildirdi

 

Yaponiyaning “Mayniti” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya TIVning Yevropa ishlari bo‘yicha departamenti rahbari Xadzime Xayasi telefonda Rossiyaning Yaponiyadagi elchisi Yevgeniy Afanasyev bilan bog‘lanib, Medvedevning Iturupga tashrifi Yaponiyaning nuqtai nazariga zid ekanligini va yapon xalqiga og‘ir botishini aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, avvalroq Yaponiya tashqi ishlar vazirligi, Medvedevning Kurilga safari sabab, TIV rahbari Fumio Kisidaning Rossiyaga tashrifi sanasiga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. “Har holda, hozir Rossiya va Yaponiya o‘rtasida oliy darajada muloqotni davom ettirsa bo‘ladigan vaziyat kuzatilmayapti”, — degandi Yaponiya TIVdagi manba.

Ma’lumot uchun, Dmitriy Medvedev 22-avgust, shanba kuni ishchi tashrif bilan Kuril orollariga keldi. Yaponiya hukumati mazkur tashrifdan bir necha hafta ilgari Rossiya bosh vazirining bo‘lajak safari Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi siyosiy muloqot rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi davridan beri davom etib keladi — urush yakunlariga ko‘ra, Kuril orollari sobiq SSSR tarkibiga qo‘shib olingan. Yaponiya Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollariga da’vogarlik qilib keladi. Rossiya nuqtai nazariga ko‘ra, Janubiy Kuril orollari Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra sobiq SSSR tarkibiga kirgan va ularning suverenitetiga shubha qilib bo‘lmaydi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Tokio Medvedev Kuril

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.