» » Maykl Jordan sud orqali supermarketlar tarmog‘idan qariyb 9 million dollar undirdi

Maykl Jordan sud orqali supermarketlar tarmog‘idan qariyb 9 million dollar undirdi

O‘tmishning afsonaviy basketbolchisi Maykl Jordan sud qaroriga muvofiq 8,9 million dollar tovon puli oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Maykl Jordan sud orqali supermarketlar tarmog‘idan qariyb 9 million dollar undirdi

 

2009-yili AQShdagi supermarket tarmoqlaridan biri Sports Illustrated jurnalida Maykl Jordanning ismidan foydalangan holda e’lon joylashtirgan edi. Kompaniya advokatlari bu harakatni 126,9 ming dollarga baholadi, Jordan esa huquqshunoslar va tegishli iqtisodiy mutaxassislar bilan maslahatlashganidan so‘ng, 10 million dollar tovon puli talab qildi.

Oqibatda ikki karra Olimpiya va olti karra NBA chempioni hisoblangan Maykl Jordan, sud qaroriga muvofiq, reklama kampaniyasi davomida uning ismidan beruxsat foydalanilgani uchun 8,9 million dollar miqdorida kompensatsiya puli oladigan bo‘ldi.

“Bugungi hukmdan qoniqish hosil qildim. Hech kim sizning ismingizdan tegishli ruxsatsiz foydalanmasligi lozim”, — dedi ayni vaqtda “Sharlott Xornets” basketbol jamoasiga egalik qilayotgan Maykl Jordan.


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.