» » Malayziya Ukrainada qulagan Boeing ishi bo‘yicha hisobotga javobini Gollandiyaga taqdim etdi

Скачать Malayziya Ukrainada qulagan Boeing ishi bo‘yicha hisobotga javobini Gollandiyaga taqdim etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Malayziya Ukrainada qulagan Boeing ishi bo‘yicha hisobotga javobini Gollandiyaga taqdim etdi

Malayziya gollandiyalik tergovchilar guruhiga Ukraina sharqida qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyoti aviahalokati bo‘yicha hisobotga o‘zining rasmiy nuqtai nazarini yo‘lladi. Bu haqda, “Kommersant.ru” xabariga ko‘ra, Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay ma’lum qildi.

Malayziya Ukrainada qulagan Boeing ishi bo‘yicha hisobotga javobini Gollandiyaga taqdim etdi

 

“Hisobot mazmunini oshkor qilishim noto‘g‘ri bo‘lardi, chunki u hali yakuniy ko‘rinishni olmagan. Ular hisobotni oktabr oyida e’lon qilishga va’da berishdi. Menimcha, eng asosiysi, hisobot haqqoniy bo‘lishi va hodisa sababini ko‘rsatib berishi kerak”, — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining mazkur aviahalokat aybdorlariga nisbatan xalqaro tribunal tashkil etish bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasini qabul qilinishiga veto qo‘ygandi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 17-iyul kuni “Amsterdam — Kuala-Lumpur” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Malaysia Airlines’ning layneri Ukraina sharqida qulashi oqibatida 298 kishi halok bo‘lgandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Malayziya Ukrainada

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.