» » Qozog‘istonda 4 magnitudali zilzila yuz berdi

Qozog‘istonda 4 magnitudali zilzila yuz berdi

Qozog‘istonda energetik tasnifi 9 ga, magnitudasi 4 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. “Gazeta.kz”xabariga ko‘ra, hodisa 22-avgust, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 23:21 da yuz bergan.

Qozog‘istonda 4 magnitudali zilzila yuz berdi

 

Zilzila markazi Olma-Ota shahridan 401 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hodisa natijasida yuz bergan vayronagarchiliklar va jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar yo‘q.


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.