» » Malayziya g‘arbida yangi ommaviy qabrlar topildi

Скачать Malayziya g‘arbida yangi ommaviy qabrlar topildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Malayziya g‘arbida yangi ommaviy qabrlar topildi

Malayziyaning Tailand bilan chegaradosh hududida yangi ommaviy qabristonlar topildi. “TASS”xabariga ko‘ra, mazkur qabrlarga, katta ehtimol bilan, myanmalik va bangladeshlik qochoqlar ko‘milgan.

Malayziya g‘arbida yangi ommaviy qabrlar topildi

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qabristonda taxminan 24 kishining jasadi bo‘lishi mumkin. Malayziya xavfsizlik kengashi kotibi Shahidan Qosimning so‘zlariga ko‘ra, “kuchli yomg‘irlar mazkur hududni yuvib o‘tgan va bir necha kun avval qabriston topilgan”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “qabristondagi jasadlar aynan noqonuniy muhojirlarga tegishlimi-yo‘qmi, buni aytish qiyin, shuningdek, qabriston aynan qachon paydo bo‘lgani ham aniq emas”. Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarning ma’lum qilishicha, bu odamlar “ochlik yoki qiynoqdan vafot etgan”.

Bir necha oy avval Malayziya g‘arbidagi Tailand bilan chegaradosh hududda mehnat muhojirlari ko‘milgan 100 dan ortiq ommaviy qabristonlar, shuningdek, myanmaliklarni zo‘rlik bilan ushlab turish uchun mo‘ljallangan 28 ta lager topilgan edi. Malayziya tashqi ishlar vaziri Ahmad Zohid Hamidiyning so‘zlariga ko‘ra, “bu joylar kamida besh yildan beri mavjud bo‘lgan”.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Malayziya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.