» » 64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi

Скачать 64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi

22-avgust kuni Andijonda “Andijon” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “vodiy derbisi” muxlislar o‘rtasida yuqori qiziqishga sabab bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Championat.asia”.

64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi

 

Qo‘qonlik Malikjon Meliqo‘ziyev 64 yoshda bo‘lishiga qaramasdan derbini o‘yingohda ko‘rish uchun Andijonga velosipedda yo‘lga chiqdi. Malikjon amakini “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati Qo‘qondagi Markaziy o‘yingohga taklif qildi.

“Ertalab soat 6 da yo‘lga chiqib, Andijonga tushdan keyin soat 3 larda yetib bordim. Andijonning Qo‘qonga nisbatan biroz balandroqda joylashganligi sababli mo‘ljallaganimdan biroz sekinroq yetib bordim. Biroq o‘yindan so‘ng barcha charchoqlar esdan chiqib yana kuch-quvvatga to‘lib qolganday bo‘ldim. Barcha futbolchilar va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Mana shunday g‘alabalar davomli bo‘lsin. Sizlar g‘alaba qozonib tursalaring biz — muxlislar charchamaymiz”, — dedi Meliqo‘ziyev.

64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi

 

64 yoshli qo‘qonlik futbol muxlisi Andijonga velosipedda bordi

 

Jamoa a’zolari jonkuyar muxlisga minnatdorchilik tariqasida “Qo‘qon-1912” jamoasining original futbolkasini sovg‘a qildi. Shuningdek, Malikjon amakiga navbatdagi turda bo‘ladigan “Olmaliq” jamoasi bilan o‘yinga markaziy sektordan chipta ham taqdim qilindi. Endi Malikjon amaki sevimli jamoasining safar o‘yinlariga jamoa hisobidan tekinga borishi mumkin bo‘ldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: 64 yoshli

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.