» » O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik jinoyat yurisdiksiyasidan ma’muriyga o‘tkazildi

Скачать O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik jinoyat yurisdiksiyasidan ma’muriyga o‘tkazildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik jinoyat yurisdiksiyasidan ma’muriyga o‘tkazildi

O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik (juda ko‘p miqdorda buzilganlaridan tashqari) jinoyat yurisdiksiyasidan ma’muriyga o‘tkazilishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari kuchga kirdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik jinoyat yurisdiksiyasidan ma’muriyga o‘tkazildi

 

Bu o‘zgarish “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan tasdiqlangan.

Qonun 2015-yil 31-iyul kuni parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilingan, 6-avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan, 20-avgust kuni esa Prezident tomonidan imzolanib, 21-avgust kuni respublika nashrlarida e’lon qilingan va shu kundan kuchga kirgan edi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 164-moddasi uchinchi qismi quyidagicha mazmunda to‘ldirildi:

“Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ko‘p miqdordagi qiymatda buzish, —fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ayni vaqtda, “ancha miqdor deganda eng kam ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p miqdor deganda esa, eng kam ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi”.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013—2014-yillar davomida sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 374 nafar mas’ul shaxslari va xodimlariga nisbatan hukmlar chiqarilgan bo‘lib, ularning 1 ming 379 nafariga 24,3 million so‘m miqdorida jarima to‘lash haqida hukm chiqarilgan. Mazkur holatlar yuzasidan soliq organlari tomonidan 72,1 million so‘m miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan. Jahon amaliyotida savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik haqidagi norma mavjud emas”, — deydi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur qonun bilan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.

“Yangi imtiyozlarga muvofiq, kichik biznes subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalar, kafolatlar va huquqlar vakolatli organlarga va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlariga, davlat statistika organlariga, banklarga va boshqalarga) yozma ravishdagi murojaatlarsiz qo‘llaniladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik subyekti buning uchun tegishli organlarga murojaat qilishi kerak edi. Endi esa O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestri tuziladi”, — deya qo‘shimcha qildi senator.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.