» » Aktobeliklar bir kunda 2 millionga yaqin dollar sotdi

Скачать Aktobeliklar bir kunda 2 millionga yaqin dollar sotdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Aktobeliklar bir kunda 2 millionga yaqin dollar sotdi

Qozog‘istonning Aktobe shahrida aholi valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi shov-shuvlarning birinchi kunida ikki million dollarga yaqin valyuta sotdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.

Aktobeliklar bir kunda 2 millionga yaqin dollar sotdi

 

“Birinchi kun fuqarolar bankimizga 1,1 million dollar sotdi va bor-yo‘g‘i 462 ming dollar sotib oldi. Ya’ni, biz sotib olganimizdan ko‘ra 2,5 barobar kamroq valyuta sotdik”, — dedi “KazKommersBank” vakili Daniya Yespayeva. Shunga o‘xshash holat boshqa banklarda ham kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda dollar sotib olish niyatida bo‘lgan qozog‘istonliklarga bank rahbarlari shoshilmaslikni tavsiya etmoqda. “Kurs keskin o‘zgargan vaqtda odamlarning qiladigan birinchi ishi — o‘z tengelarini dollarga aylantirishdir. Biroq 256 tenge kursi bo‘yicha dollar sotib olganlar yutqazib bo‘ldi, chunki dollar kursi tushib ulgurdi. Keyingi 5—7 kun davomida kurs barqaror bir holatga keladi”, — dedi Daniya Yespayeva.

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Qozog‘iston hukumati mamlakat Milliy banki bilan hamkorlikda tengening erkin kursiga o‘tish haqida qaror qabul qildi. 21-avgust kuni KASE birjasining kechki sessiyasida dollar kursi 237,66 tengega teng bo‘ldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Aktobeliklar

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.