» » Korrupsiyada ayblanayotgan Gvatemala prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi

Скачать Korrupsiyada ayblanayotgan Gvatemala prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Korrupsiyada ayblanayotgan Gvatemala prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi

Gvatemala prezidenti Otto Peres Molina o‘ziga qarshi bosh prokuratura tomonidan ilgari surilgan korrupsiyaga aloqadorlik haqidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Korrupsiyada ayblanayotgan Gvatemala prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi

 

Peres Molinaning so‘zlariga ko‘ra, uning hukumatiga o‘tkazilayotgan bosim kuchayib borayotgani va impichment e’lon qilish haqidagi chaqiruvlarga qaramay, u o‘z lavozimini tark etmaydi. Prezident xalqqa qilgan telemurojaati vaqtida noqonuniy yo‘l bilan pul topmagani va vijdoni pok ekanligini aytib o‘tdi.

Kuni kecha bosh prokuratura tomonidan mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Roksana Baldetti hibsga olingani ma’lum bo‘lgandi. U bir qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Bundan tashqari, Gvatemala bosh prokurori Telma Aldana mamlakat prezidenti Otto Peres Molinani bojxona sohasidagi firibgarlik ishi bo‘yicha javobgarlikka tortish to‘g‘risida Oliy sudiga so‘rov yo‘llagan. Agar sud mazkur so‘rovga ijobiy javob bersa, kongress prezidentga nisbatan ishonchsizlik bildirishi mumkin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.