» » O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi

Скачать O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini tanlash va ularni rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi

 

Birinchi nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining bosh vrachlari davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini malakali, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak kasbiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, yetarli darajada boshqaruv ko‘nikmasiga va tajribaga ega bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Tegishli lavozimda bir yildan kam ishlagan shaxslar; homilador, shuningdek, chaqaloqni parvarish qilish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni attestatsiyadan o‘tkazishga ular ishga chiqqanidan keyin oradan kamida bir yil o‘tgach yo‘l qo‘yiladi.

Attestatsiya talablari quyidagilarni xolisona baholashni o‘z ichiga oladi:

  • qonunchilik, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha bilimlar;
  • bosh vrachlarning kasbiy fazilatlari hamda tegishli hududda sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologiya holatining maqbul darajada bo‘lishi sohasida davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha ular faoliyatining yakuniy natijalari;
  • lavozim vazifalariga muvofiq bosh vrachlar faoliyatining aniq natijalari;
  • sanitariya-epidemiologiyaning maqbul bo‘lishi sohasidagi qonunchilikka rioya etish darajasi va sifatiga qo‘yiladigan talablarning ta’minlanishi va boshqalar.

Bundan tashqari, ikkinchi nizomda ko‘zda tutilishicha, bosh vrachlar egallagan lavozimida besh yillik muddat muvaffaqiyatli ishlar bilan tugagandan keyin egallab turgan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga yangi ish joyiga rotatsiya qilinadi. Ishda jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lganda ushbu muddat ancha qisqartirilishi mumkin.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonda

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.