» » Yaponiyada yoz davomida 52 ming kishi jazirama sabab kasalxonaga yotqizildi

Скачать Yaponiyada yoz davomida 52 ming kishi jazirama sabab kasalxonaga yotqizildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yaponiyada yoz davomida 52 ming kishi jazirama sabab kasalxonaga yotqizildi

Yaponiyada may oyi oxiridan 23-avgustga qadar jaziramadan 52 ming kishi jabr ko‘rdi. “RIA Novosti”xabariga ko‘ra, bu 2014-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 14 ming nafarga ko‘p.

Yaponiyada yoz davomida 52 ming kishi jazirama sabab kasalxonaga yotqizildi

 

Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini ham muvofiqlashtiruvchi Yaponiya yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 17—23-avgust kunlari davomida Yaponiyada jazirama sabab uch kishi vafot etgan, 2 ming 294 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

36 kishining ahvoli og‘ir — ular kamida uch hafta kasalxonada yotib davolanishi zarur. Yana 703 kishi esa bir necha kun davomida kasalxonada shifokorlar nazorati ostida qolishi kerak bo‘ladi. Jabrlanuvchilarning qariyb yarmi (43 foizi) 65 yoshdan oshgan keksalardir.

Ayni vaqtda, havo haroratining asta-sekin pasayib borayotgani munosabati bilan, jaziramadan jabrlanuvchilar soni ham kamaymoqda. Xususan, bundan avvalgi haftada issiq urgan yaponiyaliklar soni 4 ming 117 nafarni tashkil etgandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Yaponiya Yaponiyada

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.