» » “Big-Ben” minora soati yetti soniyaga ilgarilab ketdi

“Big-Ben” minora soati yetti soniyaga ilgarilab ketdi

Londondagi Vestminster saroyi soatining qo‘ng‘iroq ovozi so‘nggi ikki hafta ichida 6—7 soniyaga ilgarilab ketdi, deya xabar bermoqda Meduza.

“Big-Ben” minora soati yetti soniyaga ilgarilab ketdi

 

 

Minora soati odatda yangi soat kirishidan 27 soniya avvalroq bong uradi, biroq so‘nggi paytda bu taxminan 35 soniya oldinroq ro‘y berdi.

Ushbu xatolik haqida BBC Radio 4 radiostansiyasi xodimlarining kuzatuvlari orqali ma’lum bo‘ldi. Ular soat signali roppa-rosa 18:00 da tugaydigan radioeshittirishning yakunlanish vaqti bilan mos tushmayotganini sezgan.

Radiostansiya bu haqda minora soatining ishlashi uchun javobgar mutaxassislarga ma’lum qildi, ular soatning yurishini to‘g‘rilash ishlarini boshlab yubordi.

Nashr ta’kidlashicha, Vestminster saroyidagi soat va u joylashgan minora ko‘pincha yanglish rabishda “Big-Ben” deb ataladi, aslida esa soat mexanizmidagi qo‘ng‘iroqlardan birigina bunday nomga ega.


Manba: Daryo.uz






Метки: Big-Ben

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.