» » Vodorodli batareyaga ega iPhone 6 bir hafta to‘yinmay ishlaydi

Vodorodli batareyaga ega iPhone 6 bir hafta to‘yinmay ishlaydi

Buyuk Britaniyaning Intelligent Energy kompaniyasi iPhone 6 standart korpusida smartfon bir hafta to‘yinmay ishlashiga imkon beruvchi vodorodli oziqlantirish elementini joylashtirishga erishdi. Bunday elementda vodorodning havo kislorodi bilan qo‘shilishi reaksiyasi hisobiga energiya hosil bo‘ladi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib, The Telegraph ma’lum qildi, deya xabar bermoqdahitech.vesti.ru.

Vodorodli batareyaga ega iPhone 6 bir hafta to‘yinmay ishlaydi

 

Intelligent Energy muhandislari dunyoda birinchi bo‘lib iPhone 6 korpusida (6,9 mm) odatiy litiy-ion batareyasi bilan birga joylasha oladigan vodorodli elementni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday qurilmani rozetka orqali ham, maxsus vodorodli kartrijlar yordamida ham to‘yintirish mumkin.

Ekspertlar kompaniya Apple bilan hamkorlikni boshlab yuborganini taxmin qilmoqda, biroq hali bu ovozalar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q.


Manba: Daryo.uz


Метки: Vodorodli

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.