» » Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziriga muvaqqat hukumat tuzishni topshirdi

Скачать Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziriga muvaqqat hukumat tuzishni topshirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziriga muvaqqat hukumat tuzishni topshirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 25-avgust, seshanba kuni mamlakat bosh vaziri Ahmad Davuto‘g‘liga parlamentga bo‘ladigan muddatidan avvalgi saylovlargacha amal qiladigan muvaqqat hukumat tuzish uchun vakolat berdi. Bu haqda prezident ma’muriyati bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziriga muvaqqat hukumat tuzishni topshirdi

 

Avvalroq Turkiya prezidentining parlamentga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan edi. Saylovlar 1-noyabrda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Muvaqqat hukumat besh kun muddatda tuzilishi kerak.

Prezident bosh vazirga 9-iyul kuni hukumat koalitsiyasini tuzish vakolatini bergan, biroq Ahmad Davuto‘g‘li 18-avgust, seshanba kuni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazib, hukumat koalitsiyasi tuzish haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechganini ma’lum qilgan edi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Erdo‘g‘on

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.