» » UzReport TV telekanali O‘zbekistonda Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi

UzReport TV telekanali O‘zbekistonda Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi

UzReport TV telekanali UEFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida tranlyatsiya qilish huquqlari paketini sotib oldi. Bu haqda UzReport axborot agentligi ma’lum qilgan.

UzReport TV telekanali O‘zbekistonda Yevropa Chempionlar Ligasi o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi

 

Paket bepul televideniye, internet va mobil aloqa orqali o‘yinlarni tranlyatsiya qilish, Highlights, Magazines dasturlarini efirga uzatish huquqlarini o‘z ichiga oladi. 2015/2016-yilgi mavsum o‘yinlari guruh bosqichidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qila boshlanadi.

UEFA Chempionlar ligasining 2015/2016-yilgi mavsumi taqvimiga binoan, guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27-avgust kuni Monakoda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Guruh bosqichining dastlabki o‘yinlari va ularning UzReport TV orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi esa 15-sentabrdan boshlanadi.


Manba: Daryo.uz


Метки: UzReport TV

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.