» » Turkiya IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh bilan bitim imzoladi

Скачать Turkiya IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh bilan bitim imzoladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Turkiya IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh bilan bitim imzoladi

AQSh va Turkiya harbiy rahbariyati “Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashga doir texnik muzokaralarni yakunladi va tegishli bitimni imzoladi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.

Turkiya IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh bilan bitim imzoladi

 

Avvalroq, 24-avgust kuni Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest bu borada kelishuvga erishilganini rad etib, Turkiya tomoni bilan muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning ma’lum qilishicha, kelishuv imzolangani haqidagi axborot, vaqtdagi tafovut sabab, Vashingtonga kech yetib borgan bo‘lishi mumkin.

Chavusho‘g‘luning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya va AQShning harbiy rahbariyati IShIDga qarshi birgalikdagi harbiy operatsiyalarni olib borish bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq Turkiya va AQSh Suriyaning shimolida “xavfsizlik hududi”ni tashkil etish borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. 12-avgust kuni esa AQSh Turkiya hududidan turib IShID marralariga birinchi marta zarba bergandi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Turkiya IShID AQSh

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.