» » O‘zbekistonlik ziyoratchilarning Haj safari 3-sentabrdan boshlanadi

Скачать O‘zbekistonlik ziyoratchilarning Haj safari 3-sentabrdan boshlanadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning Haj safari 3-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning Haj safari 3-sentabrdan boshlanadi

 

Joriy yilning 3—14-sentabr kunlari o‘zbekistonlik 5200 nafar ziyoratchini “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Samarqand—Madina, Termiz—Madina, Namangan—Madina hamda Urganch—Madina yo‘nalishlarida haj safariga jo‘natish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rasmiy sayti.

28-avgust kuni ziyoratchilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxona va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida 10 nafar ishchi guruhi a’zolarini Saudiya Arabistoniga jo‘natish rejalashtirilgan. Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshiriladi.

Ziyoratchilarga safar oldidan davlat ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim (kamzul) va sumkalar, “Hajnoma” kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarda meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan “Javharat ul-Asima”, Makka shahrida esa Haramdan 4500—5000 metr uzoqlikdagi to‘rt burjli “Abroj al-Muhammadiya” mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan. Har bir xona muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi hamda konditsionerlar bilan jihozlangan. 24 soat davomida zamonaviy avtobuslarda ziyoratchilarni Makka shahridagi haram masjidiga tashish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Madina shahrida 3 kecha va 4 kunduz bo‘lib, bu yerdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganlaridan so‘ng Makka shahriga yo‘l oladi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 25 nafardan iborat ishchi guruhi, 102 nafar guruh rahbari, 30 nafar shifokor va 10 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi. Ziyoratchilar uchun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun’iy yo‘ldosh orqali O‘zbekiston televideniyasi dasturlarini tomosha qilish imkoniyati yaratilgan.

27-sentabr — 8-oktabr kunlari o‘zbekistonlik ziyoratchilarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida Jidda—Toshkent, Jidda—Buxoro, Jidda—Samarqand, Jidda—Termiz, Jidda—Namangan hamda Jidda—Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: O‘zbekistonlik

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.