» » Gersog Vellington mingan otning yoli auksionga qo‘yildi

Скачать Gersog Vellington mingan otning yoli auksionga qo‘yildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Gersog Vellington mingan otning yoli auksionga qo‘yildi

Gersog Vellington mingan otning yoli auksionga qo‘yildi

 

Angliyada gersog Vellington Napoleonga qarshi Vaterloo jangida mingan otga tegishli yolning bir tutami kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

O‘lganiga qariyb 200 yil bo‘lgan Kopengagen laqabli ot yolining bir tutami Devon grafligida joylashgan Kasl-Xill qasridagi katta tozalash ishlari vaqtida oilaviy qog‘ozlar orasidan chiqqan.

“Vaterloo jangida Kopengagen 17 soat davomida gersog Vellingtonni olib yurgan, jang davomida gersog birorta ham jarohat olmagan. Shundan so‘ng ot gersogning oilaviy mulkiga jo‘natilgan. Otning qabri ustiga marmar yodgorlik o‘rnatilgan”, — deyiladi auksion tashkilotchilarining xabarida.

Lotning boshlang‘ich narxi 5 ming funtga teng, uning haqiqiyligi kasl-xillik lord Forteskyu tomonidan 1836-yilda qoldirilgan qaydnoma orqali tasdiqlangan. Savdo 26-avgust, chorshanba kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Vaterloo ostonasidagi jang 1815-yil 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Napoleonning 72 ming kishilik qo‘shiniga feldmarshal Vellington boshchiligida ittifoqchilarning 130 ming kishilik armiyasi qarshi chiqqan. Jangda mag‘lub bo‘lgan Napoleon Avliyo Yelena oroliga surgun qilingan va shu yerda vafot etgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Gersog Vellington

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.