» » Bryus Uillis Brodveydagi myuziklni deb Vudi Allenning filmini tark etdi

Скачать Bryus Uillis Brodveydagi myuziklni deb Vudi Allenning filmini tark etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Bryus Uillis Brodveydagi myuziklni deb Vudi Allenning filmini tark etdi

Bryus Uillis Brodveydagi myuziklni deb Vudi Allenning filmini tark etdi

 

Bryus Uillis suratga olish ishlari Los-Anjelesda davom etayotgan Vudi Allenning yangi filmi aktyorlari tarkibidan chiqib ketdi. Deadline xabariga ko‘ra, aktyor boshqa loyihada bandligi sabab shu qarorga kelgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Uillis Stiven Kingning “Misery” romani asosida sahnalashtirilgan, premyerasi shu yil kuzda Brodveyda bo‘lib o‘tadigan spektaklga ko‘proq vaqt ajratishni ma’qul deb topgan. Uillis sahnada avtohalokatga uchraydigan yozuvchi Pol Sheldon rolini ijro etadi.

Roman syujetiga ko‘ra, yozuvchini uning ashaddiy ixlosmandi, sobiq hamshira Enni Uilks qutqarib qoladi va uni uyiga olib kelib, zarurat bo‘lmasa ham, yozuvchini uyida saqlab o‘tiradi. Tez orada Sheldon qiz o‘zini g‘alati tutayotganini his qiladi.

Endi rejissor Vudi Allen o‘z filmi uchun Uillis o‘rniga boshqa aktyor topishi hamda Uillis ishtirokidagi sahnalarna qaytadan tasvirga olishi kerak bo‘ladi.

Vudi Allenning yangi loyihasi 2016-yilda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda, hozircha uning nomi oshkor etilmayapti. Filmda Kristen Styuart, Jessi Ayzenberg, Bleyk Layvli, Parker Pouzi va boshqalar suratga tushmoqda.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Bryus Uillis

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.