» » Polshalik jahon chempioni mastligida taksi uchun yo‘l haqi sifatida oltin medalini berib yubordi

Polshalik jahon chempioni mastligida taksi uchun yo‘l haqi sifatida oltin medalini berib yubordi

To‘qmoq uloqtirish bo‘yicha 2015-yilgi jahon chempioni Pavel Faydek Pekinda taksi uchun yo‘l haqi sifatida oltin medalini berib yubordi, deya xabar qilmoqda The Independent.

Polshalik jahon chempioni mastligida taksi uchun yo‘l haqi sifatida oltin medalini berib yubordi

 

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sportchini manziliga yetkazgan taksichini topdi, u medalni qaytarib berdi va Faydek taksiga o‘tirgan vaqtida g‘irt mast bo‘lganini aytdi.

Nashr eslatishicha, polshalik yengil atletikachi to‘qmoq uloqtirish bo‘yicha oltin medalni 23-avgust kuni 80,88 metr natija bilan qo‘lga kiritgan. Mukofoti yo‘qolib qolganini sportchi ertasi kuni sezgan va darhol politsiyaga murojaat qilib, medali qayerda ekanligini eslay olmasligini aytgan.

 


 


Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.