» » Facebook rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiyadagi serverlarga ko‘chirmoqchi emas

Скачать Facebook rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiyadagi serverlarga ko‘chirmoqchi emas в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Facebook rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiyadagi serverlarga ko‘chirmoqchi emas

Facebook ijtimoiy tarmog‘i vakili Tomas Mirup Kristensen “Roskomnadzor” rahbari Aleksandr Jarov bilan uchrashuvi chog‘ida, ijtimoiy tarmoq rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiya hududiga ko‘chirmoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Facebook rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Rossiyadagi serverlarga ko‘chirmoqchi emas

“Vedomosti” nashri manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook vakili kompaniya foydalanuvchilar haqidagi axborotlarni Rossiya hududida saqlash uchun mamlakatdan data-markazlar izlamagani va bundan keyin ham qidirmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Soha mutaxassislarining fikricha, Facebook o‘z foydalanuvchilari taqdim etgan axborotni shaxsiy ma’lumot deb hisoblamaydi va Rossiyaning “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni talablarini bajarish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi, deb o‘ylamaydi.

“Roskomnadzor” ham, Facebook ham Jarov va Kristensenning uchrashuvi yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi. Ma’lumot uchun, rossiyaliklarning shaxsiy axborotlari Rossiya hududidagi serverlarga joylashtirilishini talab qiluvchi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun 2015-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.