» » Barak Obama respublikachilarni “aqldan ozganlar” deb atadi

Скачать Barak Obama respublikachilarni “aqldan ozganlar” deb atadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Barak Obama respublikachilarni “aqldan ozganlar” deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama 24-avgust, dushanba kuni Las-Vegasda Demokratik partiya jamg‘armasi uchun mablag‘ to‘plash marosimidagi nutqi chog‘ida “bir qator masalalarni hal qilishda bu aqldan ozganlar bilan qanday ishlash mumkinligi”ni demokratlarning Senatdagi yetakchisi Geri Rid bilan muhokama qilishga majbur bo‘layotganini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Knews.kg”.

 

Barak Obama respublikachilarni “aqldan ozganlar” deb atadi

 

Obama “aqldan ozganlar” deganda marosimga yig‘ilganlarning birortasi ham prezident Kongressdagi respublikachilardan iborat siyosiy raqiblarini nazarda tutganiga shubha qilgani yo‘q. Haqiqatan ham, respublikachilar hozirgi vaqtda Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘yishga harakat qilmoqda.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Erik Shults Obamaning mazkur bayonotini izohlarkan, prezident haqiqatan ham Kapitoliy tepaligidagi ba’zi tashabbuslar bilan bog‘liq muammolarni Rid bilan muhokama qilishga majbur bo‘layotganini tan oldi, ayni vaqtda, bunda gap Eron yadroviy dasturi haqida emas, balki boshqa masalalar haqida borganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Obama o‘sha kungi nutqi vaqtida “biroz qizishib ketgani” haqidagi fikrga qo‘shilishini bildirdi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.