» » Toshkentlik yigit internet orqali tanishgan qizining oilasini uning suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitdi

Скачать Toshkentlik yigit internet orqali tanishgan qizining oilasini uning suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentlik yigit internet orqali tanishgan qizining oilasini uning suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitdi

O‘tgan yilning iyun oyi­da 1993-yilda tug‘ilgan yigit ijtimoiy tarmoqlar orqali bir qiz bilan tanishib, ushbu tanishuv ular o‘rtasida sekin-asta ishqiy munosabatga aylandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Toshkentlik yigit internet orqali tanishgan qizining oilasini uning suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitdi

 

Uyiga tez-tez tashrif buyurayotgan yigitga avvaliga unchalik ahamiyat bermagan qizning onasi keyinchalik ularning munosabatlariga e’tiroz bildira boshlaydi. Bir safar yigitga qizini tinch qo‘yishini, uyiga boshqa kelmasligini aytib, uni haydab yuboradi.

Ana shunday kunlarning birida yigit endigina 19 yoshga kirgan kollej talabasi bo‘lgan boshqa qiz bilan tanishib qoladi. Ustamon yigit uni ham qo‘ldan chiqarmay, bir vaqtning o‘zida ikki qiz bilan munosabatlarini davom ettiradi. Bir gal ikkinchi qiz yigitning telefonida birinchisining turli holatlarda tushgan rasm­larini ko‘rib qolganida, “Menga nisbatan qilgan muomalasi uchun uning onasidan o‘ch olishda ushbu rasm­lardan foydalanaman”, deya qizni o‘ziga sherik qilib, o‘zaro jinoiy til biriktiradi.

Jinoiy rejaga binoan yigit qizning bir nechta rasm­larini chiqartirib, konvertga soladi va uning onasiga jo‘natadi. Bundan maqsad, yigit shu yo‘l bilan qizning oilasidan pul undirmoqchi edi. Rasmlar qizning xonadoniga yetib borganini bilgach, yigit qizning onasiga qo‘ng‘iroq qiladi va ushbu rasm­larni internetda tarqatib, ularning oilasini, qizini qarindosh-urug‘lari, mahalla va tanish-bilishlari orasida sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, undan 3 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qiladi.

Chorasiz qolgan ona mazkur holatlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilar qizning onasidan 100 AQSh dolarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tovlamachilik bilan pul topishni niyat qilgan yigitga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Uning sherigi bo‘lgan qiz ham tegishli jazosini oldi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.