» » Qozog‘istonda restoran egasi to‘y xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi

Скачать Qozog‘istonda restoran egasi to‘y xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qozog‘istonda restoran egasi to‘y xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida nufuzli restoran egasi to‘y o‘tkazish xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Bu haqda kelin-kuyovning o‘zi tahririyatga murojaat etgan.

Qozog‘istonda restoran egasi to‘y xarajatlarini to‘lamagani uchun kelinni garovga oldi

 

 

Bo‘lajak kuyov kreditga pul olib, qimmat restoranda 150 kishi uchun to‘y tantanasini o‘tkazgan. Kelin-kuyov xarajatning 70 foizini oldindan to‘lagan, qolgan qismini mehmonlar bergan to‘yonadan to‘lab yubormoqchi bo‘lgan.

Biroq to‘yga taklif qilingan mehmonlarning ba’zilari kelmay qolgani uchun, to‘yona miqdori kelin-kuyov kutganidan kamroq bo‘ldi, natijada ular restoran egasidan biroz qarz bo‘lib qoldi. To‘y tugagach, tadbirkor qolgan pulni darhol berishni talab qildi, ertasi kungacha ham kutishni xohlamay, kuyov qarzni qaytargunicha kelinni garovga oldi.

Kuyov kelin o‘rniga mashinasini garov sifatida qoldirmoqchi bo‘lganida, restoran egasi unamadi va oq libosdagi kelinni ertalabgacha restoranda ushlab o‘tirdi. Sarosimadagi kuyov mashinasini yarim narxiga sotib, pulini keltirgachgina, kelinni qo‘yib yuborishdi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, kelin-kuyov restoran egasining bu xatti-harakati jinoyat ekanligini tushundi va uni sudga berishga qaror qildi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.