» » Qirg‘iziston shimolidagi avtohalokatda 7 kishi qurbon bo‘ldi

Qirg‘iziston shimolidagi avtohalokatda 7 kishi qurbon bo‘ldi

26-avgust, chorshanba kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV xabarlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Qirg‘iziston shimolidagi avtohalokatda 7 kishi qurbon bo‘ldi

 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Honda Odyssey mashinasi haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Lexus 470 avtomobiliga to‘qnash kelgan,— deya ma’lum qildi vazirlik vakili. – Oqibatda Honda haydovchisi va salonda bo‘lgan olti yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumgan, Lexus mashinasidagi ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan”.

Guvohlarning ta’kidlashicha, to‘qnashuv shu darajada kuchli bo‘lganki, Honda ikki qismga bo‘linib ketgan. Ayni paytda hodisa joyida tergov guruhi ish boshladi, halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.


 


 


Manba: Daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.