» » Sardor Rashidov “Al Jayish” futbolchisi sifatida tanishtirildi

Скачать Sardor Rashidov “Al Jayish” futbolchisi sifatida tanishtirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sardor Rashidov “Al Jayish” futbolchisi sifatida tanishtirildi

Sardor Rashidov “Al Jayish” futbolchisi sifatida tanishtirildi

 

 

Bugun, 26-avgust kuni Qatarning “Al Jayish” klubi yangi mavsum oldidan o‘zining yaqinda xarid qilgan futbolchilarini omma e’tiboriga tanishtirdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.

O‘zbekistonlik Sardor Rashidov endi faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi. U ham aynan “Al Jayish” jamoasi bilan uch yilga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

Klubning Duhayldagi qarorgohida yangi o‘yinchilarni tanishtirish marosimida jamoa ustozi Sabri Lamushi hamrohligida Sardor Rashidov bilan birgalikda marokashlik Abdul Razzoq Xamdalla, mahalliy futbolchilar Usmon al Xalifa Yahri va Abu Bakr ishtirok etdi.

Tadimot marosimida nutq so‘zlarkan, taniqli fransuz mutaxassisi Lamushi Sardor Rashidovga katta umid bog‘layotganini ta’kidladi.

“Rashidov yuksak mahorat sohibi. Buni u so‘nggi vaqtlarda sobiq klubi va terma jamoasi safida namoyish etdi. Biz bejizga uni tarkibga jalb etmadik. Sardorning iste’dodiga shubhamiz yo‘q. Ishonchim komil, yangi mavsumda u ‘Al Jayish’ning muvaffaqiyatlariga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladi”, — deydi “Al Jayish” bosh murabbiyi.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.