» » Zominda yiliga 200 ming dona kompyuter monitori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushdi

Скачать Zominda yiliga 200 ming dona kompyuter monitori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Zominda yiliga 200 ming dona kompyuter monitori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushdi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida yiliga 200 ming dona kompyuter monitori ishlab chiqarish quvvatiga ega xorijiy korxona ishga tushirildi, deb xabar beradi O‘zA.

Zominda yiliga 200 ming dona kompyuter monitori ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushdi

 

Tuman markazidagi Xalqobod mahallasida janubiy koreyalik ishbilarmonlar tomonidan TRUST ELECTRONICS mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida tashkil etilgan korxonada 70 yangi ish o‘rni yaratildi. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yosh mutaxassislardir.

– Mahallamizda mana shunday zamonaviy korxona tashkil etilgani juda yaxshi bo‘ldi, – deydi Zomin sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Shahnoza Bozorova. – Mahallamizda mutaxassisligim bo‘yicha ishlayotganimdan xursandman. Hamkasblarimning ko‘pchiligi men kabi yoshlar. Biz ishlab chiqargan mahsulotlar mamlakatimizning turli hududlarida sotilishini o‘ylasam, faxrlanib ketaman.

Korxona mutaxassislarining ta’kidlashicha, kelgusi yil ishlab chiqarish quvvati to‘liq o‘zlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, yana 150 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.