» » Vnukovo aeroporti muhandisi Falcon samolyoti halokatidagi aybini tan oldi

Скачать Vnukovo aeroporti muhandisi Falcon samolyoti halokatidagi aybini tan oldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Vnukovo aeroporti muhandisi Falcon samolyoti halokatidagi aybini tan oldi

2014-yili Moskvadagi Vnukovo aeroportida bortida Fransiyaning Total kompaniyasi rahbari Kristof de Marjeri bo‘lgan Falcon samolyoti halokatida aybdor deya sanalayotgan yetakchi muhandis Vladimir Ledenev o‘z aybini tan oldi. Bu haqda tergov manbalariga asoslanib, “Izvestiya” nashri ma’lum qildi, debxabar bermoqda “RIA Novosti”.

Vnukovo aeroporti muhandisi Falcon samolyoti halokatidagi aybini tan oldi

 

U qor kurash mashinasi haydovchisi Vladimir Martinenko va dispetcher-instruktor Aleksandr Kruglov qatorida “Harakat xavfsizligi va transportdan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bilan ayblanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, muhandis aeroport hududi qordan tozalanishiga javob bergan va halokat ro‘y bergan kuni qor kurash mashinalari kolonnasini kuzatib, ularning yo‘nalishini nazorat qilib borgan.

“Ichki aloqa ishlamagani sababli Ledenev avtomobilining ochiq oynasidan qichqira boshlagan, ammo kech bo‘lgandi: Martinenko uchish maydoniga chiqib ketib, muhandisning ko‘z o‘ngida samolyot bilan to‘qnashgan”, — deya ta’kidlaydi tergov guruhidagi manba.

Ledenev aybini tan olgani tufayli sud uning ishini alohida tartibda ko‘rib chiqishidan umidvor bo‘lmoqda.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.