» » Samarqandda yangi o‘t o‘chirish deposi ishga tushdi

Скачать Samarqandda yangi o‘t o‘chirish deposi ishga tushdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samarqandda yangi o‘t o‘chirish deposi ishga tushdi

Samarqand shahrida 2-son alohida harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi postini rasmiy foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

 

Samarqandda yangi o‘t o‘chirish deposi ishga tushdi

 

 

Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq 22 kishi xizmat qiladigan mazkur post SamAvto tomonidan ishlab chiqarilgan ISUZU rusumidagi ikki o‘t o‘chirish mashinasi, shuningdek, shahar aholisining yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa maxsus texnikalar bilan ta’minlangan.

O‘t o‘chiruvchilarning yangi binosi aholi zich yashaydigan Gulobod ko‘chasida — Samarqand davlat universitetining ko‘plab o‘quv korpuslari joylashgan Universitet xiyoboni va so‘nggi yillarda xalqaro simpozium va konferensiyalar mezboniga aylangan “Forumlar majmuasi” yaqinida joylashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2016—2020-yillarda Samarqand viloyatida yana to‘rtta o‘t o‘chirish deposi quriladi. Ularning dastlabkisi 2016-yili Samarqand shahrining Rudakiy ko‘chasida bunyod etiladi.

Ikkinchi deponi 2017-yili Kattaqo‘rg‘on tumanining Payshanba shaharchasida, uchinchisini 2018-yili Paxtachi tumanining Ziadin shaharchasida, to‘rtinchisini esa 2019-yili Nurobod tumanida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.