» » Yevropada jahondagi eng uzun tunnel qurilishi yakuniga yetdi

Скачать Yevropada jahondagi eng uzun tunnel qurilishi yakuniga yetdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yevropada jahondagi eng uzun tunnel qurilishi yakuniga yetdi

Shveysariyada jahondagi eng uzun va chuqur temiryo‘l tunnelini texnik ta’minlash ishlarini yakunlandi. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Yevropada jahondagi eng uzun tunnel qurilishi yakuniga yetdi

 

Gotard tunnelining uzunligi 57 kilometrga teng bo‘lib, temiryo‘lning ba’zi qismlari 2,3 kilometrlik tog‘ jinslari ostidan o‘tgan. Avvalgi rekord sohibi — Yaponiyaning yerosti Seykan tunneli Gotarddan 3 kilometrga qisqa.

“Ishga tushganidan so‘ng, u Shveysariya temiryo‘llarining eng xavfsiz bo‘lagiga aylanadi”, — dedi AlpTransit Gotthard AG vakillari. Oktabr oyida boshlanadigan sinov doirasida yoritish, aloqa va ventilyatsiya tizimlari tekshiriladi.

Tunnel umumiy foydalanishga topshirilishidan avval undan kamida 3 ming marta poyezd o‘tadi. Tunnel bo‘ylab ilk yo‘lovchi tashish ishlari 2016-yil iyunida boshlanishi kutilmoqda, dekabrdan esa muntazam qatnovlar amalga oshiriladi.

Yangi transport yo‘lagi yo‘lovchilarga Syurixdan Milanga soatiga 200 kilometr tezlikda 2 soatu 50 daqiqada yetib olish imkonini beradi, bu odatdagidan bir soatga kam. Mazkur yo‘ldan kuniga o‘tadigan yuk poyezdlari soni 180 tadan 260 tagacha ko‘payadi.

Tunnelni qurish ishlari 1996-yili boshlangan edi, oradan 14 yil o‘tib tunnelni qazish ishlari, yana to‘rt yildan so‘ng esa rels yotqizish ishlari yakuniga yetdi. Qurilishda 2 mingdan ortiq odam qatnashdi, har kuni 30 metr tunnel qazildi. Qurilish ishlari davomida 8 kishi halok bo‘lgan.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.