» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasi ochildi

Скачать O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasi ochildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 27-avgust kuni “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Kutubxona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu kuni kutubxona kinomarkazida “Oltin to‘plam” fondidan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinofilmlari namoyish etildi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasi ochildi

 

“Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda kino san’atining paydo bo‘lishi, birinchi ommaviy kino namoyishlari, jahon kinematografiyasida yorqin iz qoldirgan birinchi o‘zbek kino aktyorlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar namoyish etildi. Bundan tashqari, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari o‘z sevimli aktyorlari, barcha zamonlarda dunyoga mashhur bo‘lgan kinoijodkorlar hayoti va ijodiga daxldor ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Ko‘rgazmaning ikkinchi qismi o‘zbek kinematografiyasining “Oltin to‘plami”ga kirgan o‘zbek kinosi durdonalariga bag‘ishlangan. Bunda asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan va yillar davomida barchaning sevimli filmlariga aylangan Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Tohir Malikning “Shaytanat”, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha”, O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” kitoblari o‘rin olgan.

 

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.