» » Moskvada Shveysariya shokolad konserni filiali rahbarining o‘ligi topildi

Скачать Moskvada Shveysariya shokolad konserni filiali rahbarining o‘ligi topildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Moskvada Shveysariya shokolad konserni filiali rahbarining o‘ligi topildi

Shveysariyaning Barry Callebaut shokolad konsernining Rossiyadagi filiali rahbari Moskvada ijaraga olgan xonadonidan o‘lik holda topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

 

Moskvada Shveysariya shokolad konserni filiali rahbarining o‘ligi topildi

 

“Polsha fuqarosi Yeji Ostapchukning jasadi Shabolovkadagi xonadondan topildi. Hodisa joyida zo‘rlik bilan o‘ldirish belgilari yo‘q”, — deydi huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manba. Moskva shahar Tergov qo‘mitasi vakili Yuliya Ivanovaning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim “o‘tkir yurak-qon tomir xastaligi sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin”.

1996-yili Belgiyaning Callebaut va Fransiyaning Cacao Barry kompaniyalari birlashuvi natijasida paydo bo‘lgan Barry Callebaut kompaniyasi bosh qarorgohi Syurixda joylashgan bo‘lib, 2013—2014-yillardagi yillik savdo hajmi taxminan 6,5 milliard dollarni tashkil etgan. Kompaniya yuqori sifatli shokolad va kakao mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchilardan biri sanaladi, 50 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish obyektlari mavjud.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.