» » “Sharq taronalari” festivalining ochilish marosimida Islom Karimov so‘zga chiqdi

Скачать “Sharq taronalari” festivalining ochilish marosimida Islom Karimov so‘zga chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Sharq taronalari” festivalining ochilish marosimida Islom Karimov so‘zga chiqdi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida 28-avgust kuni “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqdi. Prezidentning nutqi O‘zA xabarida keltirildi.

“Sharq taronalari” festivalining ochilish marosimida Islom Karimov so‘zga chiqdi

 

“Avvalambor, qariyb uch ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan, qadimiy va go‘zal Samarqand shahrida, ne-ne buyuk voqealar guvohi bo‘lmish mana shu muazzam va ulug‘vor Registon maydonida siz, azizlarni – ‘Sharq taronalari’ xalqaro musiqa festivali qatnashchilarini chin qalbimdan muborakbod etishga, Samarqand ahli nomidan, butun xalqimiz nomidan ‘Xush kelibsiz O‘zbekistonga, xush kelibsiz Samarqandga!’ deb, qizg‘in salom va ezgu tilaklarimizni yetkazishga ijozat bergaysiz”, — deb boshladi nutqini prezident.

Islom Karimov festivalda ishtirok etayotgan faxriy mehmonlar – YuNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt, Xalqaro folklor ijodiyoti tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Xyung Suk, Yaponiyaning “Min-on” musiqa uyushmasi prezidenti Xiroyasu Kobayashi janoblariga, bugungi marosimda hozir bo‘lgan diplomatik korpus vakillariga samimiy ehtiromini bildirdi.

“Biz bu yil ‘Sharq taronalari’ xalqaro musiqa festivalining o‘ninchi – o‘ziga xos yubiley anjumanini o‘tkazmoqdamiz. Festivalga asos solingan 1997-yildan buyon ishtirokchi mamlakatlar jo‘g‘rofiyasi kengayib, ularning soni ikki barobardan ziyod ko‘payib, 31 tadan 66 taga yetganining o‘zi, o‘ylaymanki, ko‘p narsadan dalolat beradi”, — deya ta’kidladi prezident.

Davlat rahbari Amerika Qo‘shma Shtatlarida chop etiladigan nufuzli nashrlardan biri yaqinda Samarqand shahrini “Dunyoning albatta borib ko‘rish kerak bo‘lgan ellikta shahri” ro‘yxatiga kiritganini eslatib o‘tdi.

“Shu yuksak minbardan turib, barchangizga yana bir bor o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildirib, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, festival ishiga muvaffaqiyat tilayman”, — deya nutqiga yakun yasadi Islom Karimov.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz







Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.