» » “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Скачать “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahrida 28-avgust kuni “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

Festival ishtirokchilari va tomoshabinlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni qarsaklar bilan kutib oldi. So‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga berildi.

YuNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston tarixiy va ma’naviy merosini saqlab, barcha sohalarda barqaror rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan konsert boshlandi.
O‘zbekiston mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida o‘tayotgan bu galgi festivalga Samarqandda katta tayyorgarlik ko‘rildi. Davlat rahbari tashabbusi bilan Registon maydoni ta’mirlanib, atrofi obodonlashtirildi. Amfiteatr kengaytirilib, yoritish tizimi yangilandi. Ulug‘bek, Sherdor, Tillaqori madrasalari restavratsiya qilindi. Ko‘ksaroy maydoni, Amir Temur, Ruhobod xiyobonlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, yangi favvoralar bunyod etildi.
Festivalning nufuzi va qamrovi tobora ortib bormoqda. Ko‘plab mamlakatlar, xalqaro madaniyat tashkilotlari, mashhur san’at namoyandalari unda qatnashish istagini bildirmoqda. 1997-yilda o‘tkazilgan birinchi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo‘lsa, bu yilgi anjumanga 66 davlat san’atkorlari tashrif buyurdi. Festival YuNESKO shafeligida o‘tkazilayotgani ham anjumanning yuksak maqom va nufuzini ko‘rsatadi.
скачать mp3 2016фильмы бесплатно

Manba: Daryo.uz






Метки: Sharq taronalari X

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.